Ovoza
Maxfiylik siyosati
Yangilangan sana: 2026-yil 4-noyabr
Bu sahifa Ovoza platformasi (sayt va @Ovozauz_bot Telegram boti) qaysi ma’lumotlarni yig‘ishini, ulardan qanday foydalanishini va ularni qanday o‘chirish mumkinligini tushuntiradi.
1. Qaysi ma’lumotlar yig‘iladi
- Telegram ma’lumotlari: Telegram ID, ism, username va til.
- Ro‘yxatdan o‘tishda kiritilganlar: ism va telefon raqam. Biznes uchun do‘kon yoki kompaniya nomi va toifa. Bloger uchun ijtimoiy tarmoq, profil havolasi, obunachilar soni, o‘rtacha ko‘rishlar soni (Instagramda reels, post va istoriya alohida), 30 kunlik qamrov, statistika skrinshoti (ixtiyoriy), blog yo‘nalishi va auditoriyasi joylashgan hudud.
- Platformadagi faoliyat: reklama e’lonlari va ularning rasmlari, so‘rovlar, so‘rovga yozilgan xabarlar va ular bo‘yicha qarorlar.
Saytning o‘zi shaxsiy ma’lumot yig‘maydi. Tanlangan til faqat brauzeringizda, mini ilovadagi filtrlar esa faqat qurilmangizda saqlanadi.
2. Ma’lumotlardan nima uchun foydalaniladi
- Bizneslar va blogerlarni bog‘lash, reklama e’lonlari va so‘rovlarni ko‘rsatish.
- So‘rovlar va javoblar haqida bot orqali xabar yuborish.
- Platformani boshqarish va suiiste’molning oldini olish (moderatsiya).
Ma’lumotlar sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
3. Kim nimani ko‘radi
- Reklama e’lonlarini (nomi, shartlari, hududi, rasmi, biznes nomi) ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar ko‘radi.
- Bloger so‘rov yuborganda biznes uning ismi, profil havolasi, obunachilar soni, o‘rtacha ko‘rishlari va qamrovi, statistika skrinshoti, auditoriyasi hududi va xabarini ko‘radi.
- Telefon raqamingiz va Telegram profilingiz ikkinchi tomonga faqat so‘rov qabul qilingandan keyin ko‘rsatiladi.
- Yangi profillar va reklama e’lonlari moderatsiyadan o‘tadi: platforma jamoasi (moderatorlar) yangi foydalanuvchilarning ma’lumotlarini, jumladan telefon raqami va statistika skrinshotini, hamda reklama e’lonlarini ko‘radi.
4. Qayerda va qancha saqlanadi
Ma’lumotlar bazasi Cloudflare, Inc. (AQSh) serverlarida, Shimoliy Amerikaning sharqiy mintaqasida joylashgan. Ya’ni ma’lumotlar O‘zbekistondan tashqarida saqlanadi. AQSh va Kanada Vazirlar Mahkamasi 2026-yil 29-iyulda tasdiqlagan, shaxsiy ma’lumotlarni yetarli darajada himoya qiladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Platforma biometrik va genetik ma’lumotlarni yig‘maydi.
Xabarlar Telegram orqali yetkaziladi. Reklama e’lonlarining rasmlari va blogerlarning statistika skrinshotlari Telegram serverlarida saqlanadi.
Ma’lumotlar profilingiz o‘chirilguncha saqlanadi.
5. Ma’lumotlarni o‘chirish
Botga /delete yuboring va tasdiqlang. Profilingiz, e’lonlaringiz va so‘rovlaringiz butunlay o‘chiriladi. Boshqa savollar bo‘yicha quyidagi aloqa orqali murojaat qiling.
6. Aloqa
Telegram: @Ovozauz_bot
Telefon: +998 95 555 57 91
7. O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana o‘zgaradi.